O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hisobotlari tinglanmoqda

2020-02-05 | Ta’lim

Prezidentimizning joriy yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020-yilning - «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan oliy ta’lim tizimi oldidagi bir qancha ustuvor vazifalar belgilandi.

Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma yig‘ilishida deputatlarning, shu jumladan mahalliy kengashlarning davlat boshqaruvida faollik ko‘rsatishlari zarurligi ta’kidlanib, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar, jumladan oliy ta’lim muassasalari rektorlari ham hisobot berishlari to‘g‘risida topshiriq berilgan edi.

2020-yilning 3-4-fevral kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Xalq deputatlari Kengashlari sessiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Ularda tegishli hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalarining 2019-yilgi faoliyati yakunlari va 2020-yildagi vazifalari yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda filiallar direktorlarining hisobotlari tinglanmoqda. Sessiyalar ishida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosarlari ishtirok etmoqda.

Bahs-munozaralarlarga boy o‘tayotgan hisobot-majlislarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri deputatlari hamda sohalar bo‘yicha mas’ul rahbarlar qatnashmoqda. Xalq deputatlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, tanqidiy fikrlarini ham o‘rtaga tashlamoqda.

Har tomonlama foydali bo‘lgan bunday formatdagi tadbirlar an’anaviy o‘tkazib boriladi.

Поделиться