O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri raisligida soha rahbarlari ishtirokida videoselektor o‘tkazildi

2020-02-05 | Ta’lim

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri Inomjon Majidov raisligida OTM rektorlari, Kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarma boshliqlari, akademik litsey direktorlari ishtirokida videoselektor o‘tkazildi. Yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston koronavirusning talabalar o‘rtasida tarqalishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 31 yanvar kuni davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida olimlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish sektori vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. 

Mazkur yo‘nalishda respublikadagi oliy ta’lim muassasalarini ilmiy metodik ta’minlash uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha bazaviy OTM tanlab olindi. Xususan, O‘zbekiston Milliy universiteti matematika va biologiya, Toshkent davlat texnika universiteti geologiya, Samarqand davlat universiteti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasalari etib belgilandi. Mazkur OTMlarga amalda qo‘llanilayotgan darsliklarni tahlil qilgan holda, keyingi o‘quv yili uchun yangi adabiyotlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, bazaviy ta’lim muassasalarining ma’sul kafedralari tomonidan yil davomida ilmiy metodik  seminarlar tashkil etiladi. 

Bundan tashqari, I.Majidov oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonini takomillashtirish masalasiga to‘xtalib o‘tib, quyidagi firklarni bildirdi:

- Hech qaysi fan hammaga birdek o‘qitilmaydi. Bizga iqtisodiy tahlilni yurita oladigan kadrlar kerak. 4 yillik davomida talabaning smeta yuritish yoki buxgalterlikni o‘rganib ketishi bu natija emas. Bu ishlarni oddiy kurslarda ham o‘rganish mumkin. Har qanday oliy ta’lim muassasasi bitiruvchi mutaxassisligidan qat’iy nazar, qo‘shimcha ishchi o‘rin yarata oladigan kadr bo‘lib yetishishi lozim. Endi rejalarimiz qandaydir qoliplar ichida bo‘lishi kerak emas. Har qanday taklif uchun men ochiqman. Qisqa aytganda, bundan buyon, oliy ta’lim muassasalari biznes inkubatori bo‘lishi kerak.

Shu bilan birgalikda, vazir OTMlardagi fan olimpiadalarining o‘tkazilish tartibiga ham to‘xtalib o‘tib, bu joriy tizim bugungi zamon talablariga butkul mos kelmasligini ta’kidladi va bazaviy OTMlarga mazkur masala yuzasidan ham 10 kun muddatda takliflar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Поделиться