O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston hamda Hindiston hunarmand uyushmalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
2020-02-05 | Iqtisodiyot
4-fevral kuni Hunarmandchilik eksportini rivojlantirish kengashi(EPCH), Dehli (Hindiston Respublikasi) va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi (O‘zbekiston Respublikasi) o‘zaro hamkorlik va sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
IHGF Osiyoda har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan (bahor-kuz nashri) va hunarmandchilik eksportini rivojlantirish kengashi (EPCH) tomonidan tashkil etiladigan eng katta sovg‘a va hunarmandchilik yarmarkalaridan biridir.
EPCH Hindistonning 10 mingga yaqin eksport qiluvchi a'zolariga ega bo‘lgan eksportni rivojlantirish bo‘yicha yetakchi tashkilot bo‘lib, Hindistonning qo‘l san'atlari savdosi bilan shug‘ullanadi.
Osiyodagi eng muhim va noyob yetkazib beruvchilar platformasi – (IHGF Dehli yarmarkasi 2020) endi tobora kengayib bormoqda.
IHGF Dehli ko‘rgazmasining bahorgi yarmarkasi 2020 – importchilar, ulgurji savdo vositalari, distribyutorlar, chakana savdo do‘konlari, moda dizaynerlari, va boshqa bir nechta noyob turli xil hunarmandchilik buyumlari, sovg‘alar va turmush tarzi mahsulotlarini manba qilish uchun o‘ziga xos biznes maydonchasidir.
4-fevarl kuni Hunarmandchilik eksportini rivojlantirish kengashi (EPCH), Dehli (Hindiston Respublikasi) va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi (O‘zbekiston Respublikasi) o‘zaro hamkorlik va sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Memorandumni EPCH direktori Rakesh Kumar hamda “Hunarmand” uyushmasi raisi Ulug‘bek Abdullaev tomonidan imzolandi.
Memorandumda hunarmandchilik sohasini rivojlantirishda ikki tashkilot o‘rtasida tajriba almashish, tomonlar tarafidan tashkil etiladigan tadbirlarda ikki mamlakat hunarmandlarining ishtirokini ta'minlash hamda bir qator boshqa masalalar belgilandi. Xususan, 2020-yil 15 – 19-aprel kunlari Hindistonda o‘tkaziladigan IHGF Dehli yarmarkasi (Bahor) 2020 da O‘zbekistonlik 10 nafar hunarmandlarning qatnashishi borasida kelishib olindi.