O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Boku shahrida Turkiy kengash Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etishi to‘g‘risida
2020-02-05 | Siyosat
2020-yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy kengash Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon poytaxtida TIVK yig‘ilishida ishtirok etuvchi delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.