O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining axboroti
2020-02-04 | Texnologiyalar
Ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklar tarqatuvchi nashrlarda 2020-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston MTRK ishida katta uzilish kuzatilgani va barcha davlat telekanallarining efirga berilishi to‘xtab qolganligi haqida xabarlar tarqaldi.
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning xatiga asosan 4-fevral kuni Markaz uskunalarida soat 01:00 dan 06:00 ga qadar rejadagi profilaktika ishlari olib borilgani va ushbu vaqt oralig‘ida davlat va nodavlat telekanallari signallarining raqamli uzatilishi vaqtincha to‘xtatilganini xabar qiladi.
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi ushbu xabarni joriy yilning 3-fevral kuni o‘z rasmiy sayti www.gis.uz, Facebok’dagi rasmiy sahifasi hamda Telegram messenjeridagi kanalida joylashtirgan.
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi Axborot xizmati jurnalistlar va blogerlarni vaziyatni chuqur o‘rganish, xulosalar qilishga shoshilmaslik va jurnalist professional etikasiga rioya etishga chaqiradi.