O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Lazgi” raqsining UNESCO reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga topshiriladi

2020-02-04 | Madaniyat

UNESCO bosh direktori Odri Azule xonim tomonidan imzolangan Xorazm “Lazgi” raqsini Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga saqlash uchun topshiriladi. 

UNESCO Xorazmning “Lazgi” raqsini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida kiritgan edi.  

Mazkur qaror 12 dekabr kuni Bogota (Kolumbiya)da UNESCO nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilindi.  

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda UNESCO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan Baxshichilik san'ati va etnik sport turlarini ham ushbu ro‘yxatga kiritishga doir ishlar olib bormoqda. 

 

Поделиться