O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindiston Prezidenti va Bosh vaziri O‘zbekistonning eng yirik hunarmandchilik festivalidagi ishtirokini e’tirof etdi

2020-02-04 | Madaniyat

Hindistonning Xaryan shtati Faridobod shahrida “Surajkund Mela” – dunyoning eng yirik hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston sherik mamlakat sifatida ishtirok etmoqda.

Tadbirda Hindiston Prezidenti Ram Natx Kovind, Xaryan shtati bosh vaziri Manoxar Lal Kxattar, Xaryan va Ximachal Pradesh shtatlari gubernatorlari, diplomatlar, OAV hamda jahonning 40 davlatidan tashrif buyurgan ishtirokchilar qatnashdi.
 
Ochilish marosimi festivalning asosiy ko‘chasi bo‘ylab tantanali yurishdan boshlandi. Bu yerda, shuningdek, Hindiston va ishtirokchi-davlatlarning musiqachilari va folklor jamoalari chiqishlar qildi. Hindiston Prezidenti Ram Natx Kovind O‘zbekiston pavilonida to‘xtab, mamlakatimizning hunarmandchilik va amaliy san’at ekspozitsiyasi bilan yaqindan tanishdi hamda hunarmandlarimiz bilan suhbatlashdi.
 
Prezident ochilish marosimida qatnashar ekan, “Surajkund Mela” festivali O‘zbekistonning boy madaniyati va an’anaviy san’ati bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lganini ta’kidladi.
 
–Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida madaniy hamda diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, deydi Ram Natx Kovind. – Davlatlarimiz umumiy geografik chegaralarga ega bo‘lmasa-da, dillarimiz juda yaqin. Madaniyat va san’at sohalaridagi uzviy hamkorlik odamlarni yaqinlashtirib, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va ezgulik aloqalarini mustahkamlaydi.
 
Bundan tashqari, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘zining Twitterʼdagi akkauntida O‘zbekistonga ushbu festivaldagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.
 
Festivalga tashrif buyurgan O‘zbekiston delegatsiyasi 100 ga yaqin kishidan tashkil topgan bo‘lib, ularning orasida “Hunarmand” uyushmasi vakillari, amaliy san’at ustalari, O‘zbekistonning barcha hududlari dizayner va zargarlari, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xorazm musiqachi va folklor jamoalari hamda oshpazlari o‘rin olgan.
 
Ta’kidlash joizki, “Surajkund Mela” festivali 16 fevral kuniga qadar davom etadi. Ilk kunlarda xalq sayillari 100 mingga yaqin kishini qamrab oldi. Dunyoning 40 mamlakati hamda Hindistonning deyarli barcha shtatlari hamda tarixiy, madaniy va turistik hududlari o‘z pavilonlari bilan ishtirok etmoqda. Festival yakuniga qadar mehmonlar soni 1,5 million kishiga yetishi kutilmoqda.

Поделиться