O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatining 2019 yil yakunlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
2020-02-04 | Iqtisodiyot
Onlayn videoselektor formatida o‘tkazilgan yig‘ilish Savdo-sanoat palatasi rahbari Adxam Ikramov raisligida o‘tkazilib, unda Ijroyi qo‘mita a'zolari, SSP qoshidagi Xakamlik sudlari sud'yalari, Unitar korxona rahbarlari, viloyat hududiy boshqarma va respublikamizning barcha tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi, Tadbirkorlik asoslariga o‘qitish respublika markazi hamda “Hunarmand” uyushmasi xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Palata raisi A.Ikramov 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tib, Palata o‘zining asosiy e'tiborini tadbirkorlik sub'ektlarini, ayniqsa o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish davrida ularni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, ularni tadbirkorlik asoslariga o‘qitishning samarali tizimini yaratish, ularning xuquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli muhofazasining kafolatlarini kuchaytirish, xususiy mulkning daxlsizligini ta'minlash borasida samarali tizim yaratishga qaratganini alohida ta'kidladi.
Tadbirda qonun bilan Palataga yuklatilgan vazifalar va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi.
Xususan, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoyalash soxasida amalga oshirilgan ishlar va vazifalar to‘g‘risidagi Raisning birinchi o‘rinbosari I.Jasimovning, tadbirkorlarning qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar va vazifalar yuzasidan Rais o‘rinbosari J.Mamadjanovning, xalqaro hamkorlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va vazifalar to‘g‘risidagi Rais o‘rinbosari F.Usmanovning hamda Xakamlik sudlari faoliyati natijalari va vazifalari hususida SSP qoshidagi Xakamlik sudi raisi F.Otaxonovning, tadbirkorlarni o‘qitish borasida amalga oshirilgan ishlar va vazifalar Tadbirkorlik faoliyati asoslariga o‘qitish respublika Markazi direktori U.Kamaletdinovning qo‘shimcha ma'ruzalari tinglandi.
Ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Palataning boshqarma (bo‘lim boshliqlari) hududiy boshqarma boshliqlari, TKM rahbarlari va boshqalarning hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilishda:
- tadbirkorlarning manfaatlarini sud orqali himoya qilish, normativ-xuquqiy aktlar bo‘yicha jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazish, tadbirkorlarning xuquqiy ongini oshirish, ular o‘rtasida qonunbuzarliklar, shu jumladan, korrupsiya xolatlariga qarshi kurashish, murojaatlar bilan ishlash va Xakamlik sudlarining faoliyatini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar;
- aholini tadbirkorlik faolligini yanada oshirish va ularning o‘z biznesini boshlashga ko‘maklashish, ularga zarur bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatish, tadbirkorlik faoliyatining barcha bosqichlarida yuzaga kelayotgan muammolarni ortiqcha to‘siqlarsiz hal etishga yordam berish, axolini va tadbirkorlarni biznes asoslariga o‘qitish;
- tadbirkorlarga tashqi faoliyatni amalga oshirish, xususan, mahsulotlarni eksport qilish; xorijiy xamkor izlab topish, respublika va xorijiy davlatlarda o‘tkaziladigan ko‘rgazma va yarmarkalar hamda biznes-forumlarda ishtirok etishga ko‘maklashish borasida va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlarga batafsil to‘xtalib, aniq vazifalar belgilab olindi.