O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSh Davlat kotibi bilan uchrashuv

2020-02-04 | Siyosat

2020-yilning 3-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil may oyida AQShga tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralari yakuniga ko‘ra qabul qilingan strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonot qoidalarini izchil amalga oshirish, ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga tomonlar sodiq ekanligi tasdiqlandi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkamlanayotganligi va jadal rivojlanayotganligini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. Shu nuqtai nazardan, so‘nggi ikki yil ichida savdo hajmi ikki baravar o‘sgani qayd etildi.

AQSh Davlat kotibi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish, jamiyatni demokratlashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish va qonun ustuvorligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Muzokaralarda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, diniy erkinlikni ta’minlash va majburiy mehnatga barham berish bo‘yicha olib borilayotgan choralarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra O‘zbekiston va AQSh tashqi siyosat idoralari rahbarlari jurnalistlar qarshisida bayonot berdilar va ularning savollariga javob qaytardilar.

Tadbirlarda AQSh Elchisi Daniyel Rozenblyum ishtirok etdi.

Поделиться