O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qishloq xo‘jaligi vaziri yoshlar bilan uchrashdi

2020-02-03 | Jamiyat

Vazir Jamshid Xodjayev videokonferentsiya shaklidagi anjumanda agrar tizimdagi oliy o‘quv yurti va uning filiallari, Yaponiya, Germaniya va Rossiyaning sohadagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 800 nafarga yaqin talaba yoshlari bilan muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda vazir J.Xodjayev yosh hamkasblari bilan uchrashib turganidan mamnun ekanini bildirdi.

Uchrashuv davomida sohada kechayotgan jarayonlar tahlili hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda tizimdagi yoshlarning o‘rni va roli to‘g‘risidagi masalalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha:

Vazirlikning markaziy apparati va hududiy organlaridagi boshqaruv apparatlarida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar salmog‘i 23,8 foizga yetgan.

Quvonarlisi shundaki, yosh istiqbolli xodimlarning respublika “Taraqqiyot” tanlovida ishtirok etgan soha vakillari Azamat Hamroyev, Alijon Ahadov va Oybek Soatovlar faxrli o‘rinlarni egallab, mas’ul lavozimlarga tayinlandi.

Qayd etish kerak, tizimdagi ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlar tarkibida yosh olimlar salmog‘i oshib bormoqda. 2017 yilda 32 nafar, 2018 yilda 58 nafar, 2019 yilda 61 nafar yosh tadqiqotchi falsafa doktori - PHD va fan doktori - DSK ilmiy darajalariga ega bo‘ldilar.

14 nafar yosh olim xalqaro anjumanlardagi munozaralarda o‘z ilmiy-tadqiqot natijalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdilar. Paxtachilik sohasida Mirzaolim Avliyoqulov 26 yoshida, selektsiya sohasida Abror Qurbonov 32, o‘simliklarni himoya qilish sohasida Rasul Jumayev 29, Sardor Avazov 28 yoshida fan doktori (DSK) ilmiy darajasiga ega bo‘lganini alohida ta’kidlash, bu yutuqlar har bir istiqbolli yosh tadqiqotchi uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lishini alohida ta’kidlash lozim.

Talaba yoshlar orasida ham muvaffaqiyatga erishayotganlar soni yildan yilga ortib bormoqda. Oxirgi 3 yil davomida 24 nafar, 2019/2020 o‘quv yilida 9 nafar talaba davlat stipendiyalari sohiblari,
12 nafar talaba xalqaro va milliy fan olimpiadalari, 1 nafar talaba davlat mukofoti sovrindorlari bo‘lishdi.

“Yangi O‘zbekiston - yangi kadrlar” shiori ostida istiqbolli yosh kadrlarni tanlash va tayinlash, boshqaruv kadrlarini yangilash va yoshartirish borasida tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu ma’noda aytganda, yuqorida qayd qilib o‘tilgan ijobiy natijalardan havolanmasdan voqelikni xolisona tahlil qilish va baholash, shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon, yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar hamda talablar asosida tizim faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish mexanizmlarini aniq belgilash, boshqaruv faoliyati uslublarini yangicha mazmun va shaklda qayta qurish, muxtasar qilib aytganda, qishloq xo‘jaligini tubdan isloh qilishdek murakkab vazifalar oldimizda turibdi.

Shundan so‘ng, Vazirning taklifi bilan uchrashuv muloqot shaklida davom ettirildi. Xorijiy mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar so‘zga chiqib, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasida bir qator takliflar, fikr-mulohazalarni bildirdilar. Barcha fikr-mulohazalar umumlashtirilib, ularni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi, bu kabi anjumanlar davriy ravishda o‘tkazib borilishi ma’lum qilindi.

Поделиться