O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri AQSh Savdo vakili yordamchisi bilan uchrashdi

2020-02-03 | Jamiyat

30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Xusanov AQSh Savdo vakili ofisida AQSh Savdo vakili yordamchisi K.Ulson bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida AQSh vakillariga bandlik va mehnatni muhofaza qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, milliy qonunchilikda xalqaro mehnat standartlarini joriy etish, Davlat mehnat inspektsiyasi faoliyatining samarali mexanizmlari, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasining faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida K.Ulson AQSh hukumati O‘zbekistonning majburiy mehnatga barham berish borasida erishgan yutuqlarini, ayniqsa mehnat to‘g‘risidagi qonunlarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligida tarkibiy islohotlarni amalga oshirish borasidagi faoliyatini yuqori baholayotganini ta’kidladi.

Поделиться