O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandliklar Islom Karimovni yod etmoqda

2020-01-30 | Jamiyat

Bugun, 30 yanvar – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni.

Prezident Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Birinchi Prezidentimiz tavallud topgan sana har yili munosib nishonlanmoqda. Turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xotira kechalari o‘tkazilmoqda.
Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi sifatida xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan elimizning suyukli farzandi edi. U o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirdi. 
Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan va ayni paytda mangu orom topgan Samarqand shahrida ham xalqimizning buyuk farzandi tug‘ilgan kuni keng nishonlanib, u yod etilmoqda.
 
Bugun erta tongda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov va jamoatchilik vakillari shahardagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.
 
Shundan so‘ng Registon maydoni yaqinida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qo‘yildi.
 
Viloyatdagi ta’lim muassasalari, muzeylar va boshqa muassasalarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining hayoti va serqirra faoliyatiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilmoqda.
 

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA

Поделиться