O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Gazprombank“ AJning investitsiyaviy loyihalar bo‘yicha hissasi 900 million dollarni tashkil etmoqda

2020-01-28 | Jamiyat

Energetika vazirligida “Gazprombank“ AJ (Rossiya) boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Matveyenko boshchiligidagi delegatsiya bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlandi.

Unda tomonlar neft va gaz sohasida faol hamkorlik o‘zining amaliy natijalarini berayotganini alohida qayd etdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur moliya muassasasining mamlakatimizda investitsiya asosida umumiy moliyalashtirish miqdori qariyb 900 million dollar mablag‘ni tashkil etadi. Uglevodorod ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturi, GTL zavodining qurilishi, “Sho‘rtan gaz-kimyo“ majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish kabi loyihalari shular jumlasidan.

Uchrashuvda “Gazprombank“AJ rahbariyati Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasining qurilishi va “Mustaqillikning 25 yilligi“ konini qo‘shimcha razvedka qilish va rivojlantirish bo‘yicha“ kabi boshqa investitsiya loyihalarini moliyalashtirish orqali hamkorlikni kengaytirish yuzasidan qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar energetika sohasining barcha sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini birgalikda ko‘rib chiqishga kelishib oldi.

Поделиться