O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Osiyoning eng yirik hunarmadchilik festivalida bosh hamkor sifatida ishtirok etmoqda
2020-01-28 | Madaniyat
1-16-fevral kunlarida Hindistonning Xaryana shtatida Osiyoning eng yirik hunarmadchilik festivallaridan biri hisoblangan “Surajkund Mela” bo‘lib o‘tadi. Unda har yili 60 dan ortiq mamlakatdan kelgan milliondan ziyod hunarmadlar va mehmonlar ishtirok etadi. Подробнее: https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=989
“Surajkund Mela” – dunyo mamlakatlarining amaliy san'ati namoyish etiladigan pavilonlar yarmarkasi. Konsepsiyaga ko‘ra, har yili Hindistonning bir shtati - festival mavzusi sifatida, xorijiy davlatlardan biri esa sherik davlat sifatida tanlanadi. Bunday format ma'lum bilan davlat aholisining mamlakat san'ati, an'analari, madaniyati va gastronomiyasiga e'tibor qaratish imkonini beradi.
Festival sherik davlat sifatida O‘zbekiston uchun an'anaviy hunarmandchilik, milliy san'at, folklor va turistik jozibadorlikka oid imkoniyatlarni keng namoyish qilish imkonini beradi. Tadbirda 60 ga yaqin amaliy san'at ustasi, Samarqand, Xorazm va Buxoro viloyatlari delegatsiyalari, musiqachilar, ijrochilar, madaniyat vakillari, an'anaviy taomlar oshpazlari va rasmiy doiralar vakillari ishtiroki kutilmoqda. Festival doirasida O‘zbekistonning pavilonlari va madaniy tadbirlariga bog‘liq tashkiliy ishlar bilan O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, hududiy hokimliklar va qator hamkorlar tomonidan tashkil etiladi. Festival doirasida o‘zbek xalqining madaniy merosiga bag‘ishlangan qator tadbirlar, jumladan, “O‘zbekiston madaniyati kuni”, “O‘zbekiston milliy taomlari kuni”, mashhur hind dizayneri va O‘zbekistonning Hindistondagi madaniyat elchisi Ritu Berining “Ferghana Fantasy” to‘plami namoyishi, O‘zbekiston san'ati ustalarining chiqishlari va boshqalar o‘tkaziladi. “Surajkund Mela” festivali Xaryana shtati Turizm vazirligi tomonidan Hindistonning turizm, madaniyat, tekstil va tashqi ishlar vazirliklari ko‘magida har yili o‘tkaziladi.