O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublikaning 4 hududida “Yoshlar texnoparki” tashkil etiladi.

2020-01-28 | Texnologiyalar

Yoshlarning oʻy-fikrlari, maqsad-muddaolari bilan yaqindan tanishish maqsadida poytaxtimizdagi “Yoshlar press klubi”da Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan yigit-qizlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Prezidentimizning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda mamlakat yoshlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda vazirlik tizimida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlanishicha, yoshlarni ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtgan yili tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan hamkorlikda “Taraqqiyot” respublika tanlovi oʻtkazilib, 8 ming 335 ishtirokchi orasidan 150 nafar istiqbolli boshqaruv kadrlari tanlab olindi. Ulardan 41 nafari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga rahbarlik lavozimlariga tayinlandi.

Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi ilk xalqaro robototexnika musobaqasi 2019-yilning oktyabr oyida “InnoWeek – 2019” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida yuqori darajada tashkil etildi. Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi oʻtgan yili Tailand va Koreyada boʻlib oʻtgan xalqaro robototexnika olimpiadalarida ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi. Yoshlar akademiyasiga aʼzolar safini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab quvvatlash maqsadida 100 dan ortiq tashabbuskor yoshlar jamoalari bazasi shakllantirildi.

– Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvida respublikamizning har bir hududida bosqichma-bosqich yuridik shaxs maqomiga ega masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Yoshlar texnoparki” direksiyasi tashkil etish taklifini ilgari surgan edik, – dedi innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy amaliy markazi direktori oʻrinbosari Akbarxon Sobirxonov. – Roppa-rosa bir oy olib borilgan ishlar samarami oʻlaroq Vazirlar Mahkamasiga “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi kiritildi. Bu yil 4 ta hudud: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahri, Toshkent viloyati Oxangaron shahri, Buxoro viloyati Buxoro shahri hamda Xorazm viloyati Urganch shahrida “Yoshlar texnoparki” faoliyati yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Yoshlar texnoparki 4 yoʻnalishdan iborat boʻlib, kelajak kasblari boʻlmish robototexnika, 3D modellashtirish, IT hamda muqobil energiyani qayta tiklash kabi zamonaviy yoʻnalishlarni oʻzida jamlagan.

Tadbirda “Yoshlar texnoparki” boʻyicha yangi gʻoya va takliflar muhokama etildi. Bu esa oʻz navbatida vazirlik tizimidagi yoshlarning oʻzaro hamjihatlikda faoliyat yuritayotganligining yaqqol belgisi sanaladi.

Shuningdek, Bugungi kunda Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar innovatsiya markazi Fargʻona vodiysida innovatsiyalarga qiziquvchi yoshlarni aniqlash va ularni gʻoyalarini amalga oshirish yoʻnalishida faoliyat yuritmoqda. 2020-yildan boshlab Yoshlar innovatsiya markazi bazasida startap tanlov (“Startap Chellenj”) oʻtkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Tatariston Respublikasining Innopolis universiteti, Qozon Milliy tadqiqot texnologiya universiteti va Qozon innovatsion gʻoyalar Texnoparklari bilan hamkorlikda Yoshlar innovatsiya markazining 5 nafar mutaxassisi malaka oshirishi tashkil etiladi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda yosh xodimlarni qiynayotgan muammolar va ularning yechimi oʻrtaga tashlandi.

Samimiy va koʻtarinki ruxda oʻtgan uchrashuvda vazirlik tizimidagi yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilinishi bilan bir qatorda yosh xodimlarning sohani rivojlantirish boʻyicha taklif va tashabbuslari koʻrib chiqildi.

Поделиться