O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy Majlis Senati Raisi o‘quv seminarlarida ishtirok etdi

2020-01-28 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘rinbosarlari, shuningdek tumanlar va shaharlar hokimlari ishtirokida malaka oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlari ish boshladi.

Ularning ochilishi marosimida Prezident maslahatchisi Sh.Kudbiyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva, Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismailov va  Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektori X.Azizov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining mazmun-mohiyatiga, Oliy Majlis Senatining demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalashdagi rolini yanada oshirishga, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini isloh qilishga bag‘ishlangan ma’urazalar bilan so‘zga chiqdi.

10 kunlik mashg‘ulotlar davomida 320 nafar tinglovchi O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida o‘z bilim va ko‘nikmalari darajasini oshiradi. Turli sohalardagi vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari orasidan yetuk mutaxassislarning, jami 90 dan ziyod ma’ruzachining 40 ta mavzu va 100 dan ortiq yo‘nalish bo‘yicha ma’ruza va nutqlari nazarda tutilmoqda.

O‘qish vaqtida ishtirokchilar ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida mamlakatimizning hududlar kesimidagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va mavjud muammolar, shuningdek ularni amalda hal etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar, poytaxtda va viloyatlarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlari bilan yaqindan tanishadi.

Поделиться