O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Natijalar va rejalar: LBMA va BMTTD ning hamkorlikdagi loyihasi

2020-01-27 | Iqtisodiyot

2020-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida LBMA, LBMA qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi (keyingi o‘rinlarda - Markaz) hamda BMTTDning «Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga ko‘maklashish» loyihasining (keyingi o‘rinlarda - Loyiha) 2019-yildagi hamkorligi natijalari muhokama etildi.

Hamkorlikdagi yig‘ilishda Agentlik direktori o‘rinbosari Vyacheslav Yurevich Pak, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari Doyna Muntyanu, Markaz direktori Shoxa’zamiy Shoxrasul, shuningdek, Toshkent shahridagi Buyuk Britaniya Elchixonasi, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa qator vazirliklar va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Ma’lumot uchun: «Samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga ko‘maklashish» - BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining qo‘shma loyihasi. Loyihaning asosiy maqsadi davlat xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash, axborot texnologiyalari, muhandislik fanlari va elektron hukumat sohasida milliy salohiyatni mustahkamlash va davlat boshqaruvi islohotlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

BMTTD loyihasi O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘maklashadi:

- Axborot-tahliliy va normativ-huquqiy yordam;

- Raqamli transformatsiya (xizmatlar, platformalar, yechimlar);

- Raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida vakolatlarni rivojlantirish (seminarlar, treninglar, kurslar, davra suhbatlari, o‘quv turlari, STEM-tadbirlar, xalqaro ekspertlar missiyalari va hokazo);

- Texnik ko‘mak.

Loyiha tomonidan «Raqamli O‘zbekiston 2030» strategiyasi Kontseptsiyasi loyihasi va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi, «Elektron hukumat» tizimini 2020-2025-yillarda rivojlantirish Kontsetsiyasi bo‘yicha taklif va mulohazalar tayyorlandi va Markazga taqdim etildi, «Raqamli Toshkent» - Toshkent shahrining raqamli transformatsiyasi Kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqilib, Toshkent shahar hokimiyatiga taqdim etildi. Bundan tashqari, BMTning elektron hukumat bo‘yicha reytingida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini oshirishga qaratilgan axborot-tahliliy ko‘mak ko‘rsatilgan, jumladan quyidagi tahliliy ma’lumotlar Markazga taqdim etilgan:

- O‘zbekiston Respublikasi elektron hukumati: barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha keyingi harakatlar;

- Elektron xizmatlar standartlari: Xalqaro tajriba va O‘zbekiston uchun tavsiyalar;

- MT EH 2020 (Member States Questionnaire) sharhi uchun O‘zbekiston nomidan savolnomani to‘ldirishda ko‘mak.

Loyiha tomonidan quyidagi raqamli platformalarni ishlab chiqarishda va raqamli yechimlarni amalga ko‘mak ko‘rsatilgan:

1. «Elektron notarius» (https://e-notarius.uz/) portalini ishlab chiqish;

2. Xabarnoma platformasini (GOV.UZ Notify) loyihalashtirish;

3. Identifikatsiya platformasini (Face ID) loyihalashtirish;

4. my.gov.uz platformasida yangi "Hayotiy vaziyatlar" bo‘limini ishlab chiqish;

5. YHQ buzilgani to‘g‘risidagi video-ma’lumotlarni jo‘natish platformasi loyihasi( http://dyhxx.ejarima.uz). Loyiha byudjetga 2 mln. AQSh dollari miqdorida tushumni ta’minladi;

6. YHHlari ro‘y bergan joylarning geolokatsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi (ichki tizim). Ma’lumotlar bazasi YHHlar bo‘yicha statistikani yig‘ish va ochiq ma’lumotlarni shakllantirish imkoniyatini berdi;

7. Toshkent shahri xokimiyati uchun BI tizim (Tableau). Tizim, tumanlar kesimida transport to‘g‘risidagi (Waze, Yandex, Google navigatorlaridan), tovarlar import iva eksporti to‘g‘risidagi bojxona ma’lumotnomalarini va tug‘ilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi;

8. Elektron hukumat billingi server quvvatlarini kengaytirish.

2019-yilda Loyiha tomonidan turli formatdagi 35 dan ortiq tadbirlar o‘tkazildi, ularda 1162 kishi ishtirok etdi. Bundan tashqari 2 ta STEAM tadbirlar (5048 ishtirokchi), o‘zbekistonlik 10 ta delegat uchun 2 ta stadi-tur (Buyuk Britaniyaga aprel va Estoniyaga sentabr oylarida), Buyuk Britaniyaning Raqamli Taraqqiyot Davlat Xizmati (UK GDS) vakillarining O‘zbekistonga 2 marta tashrifi (mart, oktabr), ShHTning AKT forumi (sentabr) va Boshqaruv innovatsiyalari kunlari 2019 (oktabr) kabi tadbirlar tashkil etildi.

Hamkorlikdagi yig‘ilish vaqtida Loyiha menejeri Bunyod Avliyokulov Loyiha tomonidan 2020-yilga rejalashtirilgan ustivor yo‘nalishlar va tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, hamkorlikdagi faoliyatni davom ettirishga kelishib olindi.

Поделиться