O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro festivalda mamlakatimiz oʻquvchilari 3-oʻringa sazovor boʻldi

2020-01-27 | Texnologiyalar

Joriy yilning 22-23-yanvar kunlari Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida “ROBOFEST-2020“ (WORLD WIDE ROBOTICS) xalqaro robototexnika, IT va DIV olimpiadasi oʻtkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 70 dan ziyod mamlakatlari jamoalari ishtirok etdi.

Quvonarlisi, nufuzli festivalda Oʻzbekistonning IT park “Uz_robo_Up” jamoasi 70 dan ortiq davlatlar orasida 3-oʻringa sazovor boʻldi. Jamoa tarkibida murabbiy Ozodbek Xodjayev, guruh sardori Suhrob Haydarov, konstruktor Rashid Rashidov, dizayner Bektemir Miroʻktamov yurtimiz sharafini munosib himoya qilishdi. 

- Festivalda ishtirok etib, yurtimiz dovrugʻini dunyo miqyosiga olib chiqish – asosiy maqsadlarimizdan biri edi, — deydi guruh sardori Suhrob Haydarov. – Koʻplab davlatlardan kelgan tengdoshlarimiz bilan tanishdik, ular bilan tajriba almashdik. Misol uchun, Rossiya va Oʻzbekiston terma jamoasi birgalikda android studio asosida yangi innovatsion loyiha yaratishni rejalashtirdik. Kelgusida ushbu tajribalar va yangi gʻoyalarni yurtimizni yanada taraqqiy etishi uchun amalda qoʻllaymiz.

Поделиться