O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
M. Achilovning Yaponiya hukumati tomonidan mukofotlanishi to‘g‘risida
2020-01-27 | Siyosat
Yaponiya hukumati O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi, O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi sobiq Favqulodda va Muxtor elchisi M.Achilovni Yaponiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va do‘stlikni mustahkamlashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun "Chiqayetgan Quyosh, Oltin va Kumush Yulduz" imperator ordeni bilan mukofotladi.
Taqdirlash marosimi Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yo.Fudziyamaning qarorgohida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari M.Takasaka ishtirokida joriy yilning 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.
M. Achilov diplomatik vakolatxona rahbari sifatidagi faoliyati davomida O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishda muxim xissasini k,u’shdi, shu jumladan 2002 va 2006 yillardagi ikki davlat rahbarlarining o‘zaro tashriflarini tayyorlashda faol ishtiroki bilan.
Ma’lumot uchun: "Chiqayetgan Quyosh, Oltin va Kumush Yulduz" ordeni 1875 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, davlat va jamiyat oldidagi aloxida xizmatlari uchun taqdirlanadi. Ordenning nishoni o‘rtasi Yaponiya bayrog‘ida tasvirlangan quyosh ramzida qizil sirlangan kabochon bilan qoplangan. Kabochon oq sir bilan qoplangan va sakkiz qirrali yulduzni tashkil etuvchi 32 tor ikki tomonlama nur bilan o‘ralgan. Marjon yashil barglari va binafsha rang gullari bilan povulni gerbi shaklida yasalgan.