O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari bilan manfaatli uchrashuv
2020-01-24 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligida jahon banki tuzilmalaridan biri hisoblangan Xalqaro moliya korporatsiyasi mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda kimyo sohasidagi investitsiya muhitini yaxshilash, IFC tashkilotining maslahat xizmatlari loyihasini tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda xorijiy ekspertlar tomonidan IFC tashkiloti doimiy maslahatchi sifatida O‘zbekiston hukumatiga loyihalar ishlab chiqish, hamda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligini ta’minlashda yordam berishi ta’kidlab o‘tildi.
Rejalashtirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi O‘zbekistonda kimyo sanoati sohasini yaxshilashga qaratilayotganligi, shu bilan birga kimyo sanoati mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va eksporti hajmlarini oshirish, ularning xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarilishini ta’minlashda standartlashtirish va muvofiqlikni baholash sohalari alohida o‘rin tutishi qayd etildi.