O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Judit Kempbell: Hamkorlikni kuchaytirish mamlakatlarimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi

2020-01-24 | Xavfsizlik sohasi

O'zbekiston va AQSH o'rtasidagi hamkorlik munosabatlari ko'p qirrali, ochiq va konstruktiv muloqotga asoslanadi. So'nggi yillarda bu aloqalar xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillari doirasida o'zaro ishonch va strategik sheriklik asosida barqaror rivojlanmoqda. Bu o'rinda har ikki mamlakat rahbarlarining Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlikni saqlash, xalqaror terrorizmga qarshi kurashish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosini oldini olish borasida yakdil siyosat olib borayotgani e'tiborga molik.

23-yanvar kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga AQSH Davlat departamentining giyohvandlikka qarshi kurashish va huquq-tartibot byurosi (INL) vakillaridan iborat delegatsiya  tashrif buyurdi.

Ta'lim muassasasi boshlig'i, general-leytenant Bahodir Matlyubov mehmonlarni qutlar ekan, ikki davlat o'rtasida 1992-yil 19-fevralda diplomatik aloqalar o'rnatilgani va o'tgan davr mobaynida turli sohalarda rivojlanib borayotganini e'tirof etib o'tdi. “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev hamda Amerika Qo'shma SHtatlari Prezidenti Donal`d Trampning Oq uyda o'tkazgan uchrashuvlari chog'ida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik muhim masalalar muhokama qilingan edi. Muzokaralar yakunida turli sohalarga doir ko'plab hujjatlarning imzolangani ta'lim tizimini rivojlantirishga ham yo'l ochmoqda”, dedi B.Matlyubov.

O'z navbatida, AQSH Davlat departamentining giyohvandlikka qarshi kurashish va huquq-tartibot byurosi tashqi ishlar bo'limi boshlig'i Judit Kempbell xonim samimiy qabul uchun minnatdorchilik birdirdi.

– Bugungi kunda xalqaro terrorizm, odam savdosi singari jinoyatlar qatorida, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi ham tobora avj olmoqda, – dedi J.Kempbell. – Jahonning ayrim mintaqalarida etishtirilayotgan giyohvandlik mahsulotlari turli tranzit yo'llar orqali tarqalib, davlatlarning barqaror taraqqiyotiga katta xavf solayapti. Tashkilotimiz giyohvandlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, bu borada xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish, sohaga oid yangi tendentsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish, malakali kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan dasturlar asosida xodimlarni o'qitish kabi maqsadlarni ko'zlaydi. Biz dunyoning o'nlab mamlakatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan bu borada samarali hamkorlik qilib kelayapmiz. Bugungi tashrifimizdan maqsad O'zbekistonning huquq-tartibot idoralari va ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish hamda o'zaro tajriba almashishdan iborat. O'ylashimcha, bu mamlakatlarimiz manfaatlari va taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Uchrashuv chog'ida mehmonlar Ichki ishlar vazirligi akademiyasining maqsadi va vazifalari, ta'lim yo'nalishlari, o'quv jarayoniga tadbiq etilayotgan yangilanishlar va zamonaviy yondashuvlar, xalqaro hamkorlik aloqalarining hozirgi holati hamda istiqboli  haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.       

Muzokaralar davomida AQSHlik tajribali mutaxassislar ishtirokida o'quv seminarlari tashkil etish, ta'lim muassasasining professor-o'qituvchilari va kursantlarining AQSH Politsiya akademiyasida malaka oshirishlarini ta'minlash, o'zaro tajriba almashish orqali ilmiy tadqiqot ishlarini yo'lga qo'yish hamda boshqa qator muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Поделиться