O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uchuvchisiz havo vositasining avtonom tarzda uchish trayektoriyasini aniqlash uchun dasturiy ta'minot yaratildi

2020-01-23 | Texnologiyalar

Dastur uchuvchisiz havo vositasining oldindan belgilangan yetib borish nuqtasiga uchishining optimal trayektoriyasini hisoblash uchun moʼljallangan.

Texnika moʼjizasi sanalgan uchuvchisiz uchish vositalari hayotimizga kirib kelib, ko’pgina qulayliklar yaratdi. Mazkur qurilma turli holatlar, vaziyatlar, voqealar, favqulodda holatlarni yuqoridan turib tasvirga oladi. Bu uning keng doiradagi maʼlumotlarni yigʼishi va shunga qarab chora-tadbirlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Аmmo undan oqilona foydalanmaslik, oʼzbilarmonlik bilan harakatlanish ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Oʼzbekiston dunyo miqyosida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni tartibga solgan davlatlar sirasiga kiradi. Bu kabi qurilmalarning koʼpayib borayotgani tufayli ulardan foydalanishni tartibga solishga aksariyat davlatlar jiddiy kirishmoqda. Sababi fuqarolarning mazkur qurilmadan nima maqsadda foydalanayotganini bilish mushkul.

Xalqaro tajriba shuni koʼrsatmoqdaki, uchuvchisiz uchish vositalaridan foydalanish koʼlamini kengaytirish xavfsizlikni taʼminlash, tinch-xotirjam turmush yaratishda muhim ahamiyatga ega. Аmmo undan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi shart.

Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi “Oʼzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori asosida yurtimizda uchuvchisiz uchish qurilmalarini ekspluatatsiya qilish tartiblari ishlab chiqilgan.

Dasturning funksional imkoniyatlari belgilangan yetib borish nuqtasigacha eng qisqa yoʼlni avtomatlashtirilgan avtonom tarzda qidirishdan iborat. Shuningdek, dastur uchuvchisiz havo vositasining topilgan traektoriya boʼylab uchishini taʼminlash, mazkur dasturda ishlab chiqilgan algoritmlar uchish vaqtidan va uchuvchisiz havo vositasining energiya zaxirasidan belgilangan yetib borish nuqtasida bajariladigan vazifani ado etguniga qadar unumli foydalanish imkonini beradi.

Dastur uchun J.Tajiyev, L.Varlamova va I.Davletovlarga “Elektron hisoblаsh mаshinаlаri uchun yarаtilgаn dаsturlаr vа mа’lumotlаr bаzаlаrining huquqiy himoyasi toʼgʼrisidа”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 07008 raqamli patent berildi.

Поделиться