O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Rossiya-O‘zbekiston hamdo‘stligi” jamiyati raisi va Qo‘mita rahbariyati o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

2020-01-23 | Turizm

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida “Rossiya-O‘zbekiston hamdo‘stligi” jamiyati raisi M. Xusanov va Qo‘mita rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Rossiya-O‘zbekiston hamdo‘stligi” jamiyati va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, Rossiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekistonning turizm brendini targ‘ib qiluvchi tadbirlarga jalb qilish, yurtimizga sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha Rossiyaning turizm yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat davomida M.Xusanov mamlakatimizda so‘nggi vaqtlarda turizm sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni va bu sohada yangi rivojlanish davri boshlanganini alohida ta'kidladi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishga qaratilayotgan e'tiborning yuqori darajadaligi uning rivojlanishidagi asosiy bo‘g‘in bo‘lishini aytib, ushbu jarayonlarda “Rossiya-O‘zbekiston hamdo‘stligi” jamiyati ham faol ishtirok etishini ma'lum qildi.

Yig‘ilish yakunida 2020-yilda Qo‘mita va “Rossiya-O‘zbekiston hamdo‘stligi” jamiyati hamkorligida bir qator amaliy ishlarni tashkil qilish va unga Rossiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni jalb qilish, qolaversa, O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijiy auditoriya orasida targ‘ib qilishga qaratilgan qator tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazishga kelishib olindi.

Поделиться