O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

OIIB: O‘zbekiston hamkorlik uchun ustuvor yo‘nalish

2020-01-23 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 20-yanvarida Energetika vazirligida investitsiya operatsiyalari bo‘yicha vitse-prezident Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

OIIB asosiy maqsadlari to‘g‘risida ma’lumot berib, hozirgi paytda O‘zbekiston tashkilot uchun energiya samaradorligini oshirish, qurilish, transchegaraviy elektr uzatish tarmoqlari, qayta tiklanuvchi energiya va gidroenergetika loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish ustuvor yo‘nalishlar ekanini ta’kidlab o‘tdi.

Energetika vazirligi vakillari mamlakatda amalga oshirilayotgan energetika va neft-gaz sohasidagi islohotlar, shuningdek, qabul qilingan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun va energiya va qayta tiklanadigan energiya sohasida hamkorlik qilish imkoniyatlari haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdilar. Bu borada,  2020-yilda bir nechta tenderlar rejalashtirilgan bo‘lib, xususan OTB tomonidan quyosh elektr stantsiyalarini qurish va OII bilan Qoraqalpog‘istondagi shamol elektr stantsiyalari qurilishi bo‘yicha tenderga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning ustuvor jihatlari, xususan, gidroenergetika, qayta tiklanadigan energiya, chiqindilarni yo‘q qilish va elektr hamda issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, elektr uzatish liniyalari qurilishi, energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi loyihalar, energetika va neft-gaz tizimlarining ishlashini monitoring qilish uchun yagona ma’lumotlar markazini shakllantirish masalalarini muhokama qildilar.

Поделиться