O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazmda “shamol generatori” ishlab chiqariladi

2020-01-23 | Innovatsiya

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 20 yanvarь kuni Toshkent shahridagi Yodju Texnika Instituti Innovatsiya markazi xodimlari tomonidan fuqaro Erkin Аtajanov taqdim etgan “Shamol harakatini mexanik harakatga aylantiradigan klapanli qurilma (shamol generatori)” loyihasining tajribaviy namunasi laboratoriya sinovidan oʼtkazildi. Sinov jarayonida innovatsion rivojlanish vaziri oʼrinbosari Olimjon Toʼychiev, Toshkent shahridagi Yodju Texnika Instituti innovatsiya va ilmiy ishlar boʼyicha prorektori Jamshid Kaniev hamda ushbu institut Innovatsiya markazi xodimlari ishtirok etdilar.

Sinov metodikasiga asosan, loyihaning tajribaviy namunasi laboratoriya sharoitida turli xil tezlikdagi sunʼiy shamol taʼsiri ostida sinaldi, shuningdek maxsus oʼlchov asboblari yordamida qurilma tajribaviy namunasi oʼqidagi kuch momenti, oʼqning burchak tezligi va berilayotgan sunʼiy shamol tezligi oʼlchanib, natijalar qayd etildi.

Sinov jarayonida qayd etilgan natijalar loyihaning istiqbolga ega ekanligini koʼrsatdi. Ushbu loyihani yanada rivojlantirish, uni qoʼllab-quvvatlash maqsadida fuqaro Erkin Аtajanovning loyihasi “Xorazm” innovatsion texnoparkiga yoʼnaltirildi.

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tarixan juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimdan quyosh va shamol energetikasidan maʼlum darajada insoniyat oʼz yashash turmush tarzida foydalanib kelgan. Masalan, shamol tegirmonlarida donlarni maydalash, quyosh nurlarida meva va poliz ekinlari mahsulotlarini quritish kabi ishlarda keng foydalanib kelganlar.

Hozirda takomillashgan zamonaviy asbob va qurilmalar yordamida bu ishlar amalga oshiriladi. Muqobil energiya manbalari turlarining yangi yoʼnalishlari va sohalari rivojlanib bormoqda. Kelajakda juda koʼp boshqa turdagi muqobil energiya manbalari turlari ham kashf etilib, ulardan insoniyat barcha sohalarda, hatto kosmosda ham energiya manbai sifatida foydalanishlari baʼzi olimlar va mutaxassislar tomonidan bashorat qilinmoqda. Bugungi kunga kelib zamonaviy shamol energetik qurilmalari yaratilgan boʼlib, ular quvvatiga koʼra mini va katta shamol energetik qurilmalariga ajratiladi.

Respublikamizda doimiy ravishda shamol esib turadigan hududlar mavjuddir. Bunday geografik hududlarda “shamol generatorlarini” barpo etish, ulardan energiya manbai sifatida foydalanish ancha samarali, arzon va qulay hisoblanadi. Biroq katta quvvatli “shamol parklari” shamol generatorlari oʼzlaridan juda kuchli shovqin hosil qiladi. Bu aholiga va atrofdagi jonzotlarga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin. Shuning uchun ham bunday katta quvvatli shamol parklari aholi yashash hududlaridan, hayvonot olami yashaydigan hududlardan (qoʼriqxona, oʼrmon va boshqalar) uzoq joylarda barpo etiladi.

Hozirgi paytda shamol generatorlarining juda koʼp turdagi yangi konstruktsiyalari yaratilgan boʼlib, ulardan turli gegrafik hududlarga mosini tanlab olib foydalanish maqsadga muvofiqdir. Misol tariqasida kichik quvvatli (bir necha kVt atrofida) mini shamol generatorlaridan foydalanish toʼgʼrisida baʼzi maʼlumotlarni keltirib oʼtaylik. Mini shamol generatorlarining afzalliklari shundan iboratki, birinchidan, ularni bir joydan ikkinchi joyga koʼchirish juda oson va qulay hisoblanadi, ikkinchidan kichik tezlikdagi shamol taʼsirida ham energiya hosil qilib berish imkoniyatiga egadir.

Qoʼlbola kichik shamol generatorlarini yasash va oʼrnatishda ham ularning texnik holati tekshirilishi, qoʼshimcha qurilmalarning mos yoki mos emasligi mufassal tekshirib koʼrilishi kerak. Mana shu jihatlari aniq hisob-kitob qilinsa, shamol esib turadigan geografik hududlar toʼgʼri tanlansa, shamol generatorlari (shamol energetik qurilmalari) ishlab chiqaradigan elektr energiya insoniyat uchun eng arzon va qulay muqobil energiya turi boʼlishi mumkin.

Поделиться