O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilishga taraddud koʻrmoqda

2020-01-22 | Xavfsizlik sohasi

21-yanvar kuni poytaxtimizda Yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilish yoki implementatsiya qilish masalalariga bagʻishlangan milliy seminar oʻz ishini boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Atom energiyasi xalqaro agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tegishli vazirliklar masʼul xodimlari, mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 7-fevralda qabul qilingan “2019-2029-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi qarori mazkur ishlar ijrosini taʼminlashda muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Qarorga asosan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi“ ishlab chiqilgan. Unda milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab berildi.

– Qarorda Oʻzbekiston Respublikasining yadro xavfsizligi sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qoʻshilishi yoki ularning qoidalarini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash vazifalari qoʻyilgan, – dedi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi departament boshligʻi oʻrinbosari Oybek Muhammadjonov. – Unga koʻra, Oʻzbekiston 4 konvensiyaga qoʻshilishi koʻrsatib oʻtilgan. Yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1994-yil 17-iyun) ulardan biridir. Tadbirda mahalliy ekspertlar tomonidan AES qurilishi bilan bogʻliq tartib-tamoyillar, qabul qilingan qonuniy hujjatlar va ularning ijrosi boʻyicha maʼlumotlar berildi. Atom energiyasi xalqaro agentligi ekspertlari esa Yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya va unga qoʻshilish talablari haqida batafsil tanishtirdi. Seminardan koʻzlangan maqsad bu yerda olgan tajriba va bilimni mazkur xalqaro konvensiya boʻyicha milliy hisobot tayyorlashda qoʻllash hamda ushbu jarayonni vakolatli tashkil etish, jamoatchilikni uning ijrosi natijalari bilan tanishtirishga qaratilgan.

Maʼlumki, ushbu konvensiyaning yaratilishi ham Amerika va Chernobildagi hodisalar, shuningdek, dunyoda yadro xavfsizligiga erishishning zamonaviy usullari bilan bogʻliq. Atom energiyasi xalqaro agentligiga aʼzo davlatlar vakillari ishtirokida har jihatdan yuqori boʻlgan xavfsizlik talablarini ishlab chiqish masalasi oʻrtaga qoʻyilgan. 1992-1994-yillarda bu masalada uchrashuvlar oʻtkazilgan. 1994-yilning 14-17-iyun kunlari agentlikka aʼzo boʻlgan 83 davlat vakillari va xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida diplomatik anjuman oʻtkazilib, yalpi seminarda 71 davlat aʼzolari bu boradagi yakuniy hujjatni imzolagan. Shu tariqa, 1994-yil 20-sentyabrdan boshlab ushbu konvensiyaga qoʻshilish ochiq deb eʼlon qilindi.

– Yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya yadro xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi Atom energiyasi xalqaro agentligi vakili Miroslav Svab. – Konvensiyaga qoʻshilgan davlatlar uchun atom energetikasi obyektlarini xavfsiz ishlatish tamoyillariga rioya qilish talab etiladi. Uning asosiy maqsadi ionlashtiruvchi nurlanishning atrof-muhitga zararli taʼsiri oldini olish va butun dunyoda yadro xavfsizligini taʼminlashdir. Bu jarayonda xalqaro tajriba oʻta muhim. Konvensiyaga aʼzo boʻlish qoidasi boʻlib, unda oʻsha davlat milliy hisobot taqdim qilishi zarur. Milliy hisobotni taqdim qilish bilan birga unda konvensiyaning qoidalarini bajarish toʻgʻrisida yozma shaklda savol, javob va sharhlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Albatta, Oʻzbekiston ushbu konvensiyaga qoʻshilish choralarini koʻrmoqda. Bugungi seminar jarayonda nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

Tadbirda xavfsiz va iqtisodiy samarador yadro yoqilgʻi siklini tashkil etish, shu jumladan, atom energetikasini yadro yoqilgʻisi bilan uzoq muddatli taʼminlash, ishlatib boʻlingan yoqilgʻi bilan bogʻliq ishlarni xavfsiz amalga oshirish uchun sharoit yaratish, uni qayta ishlash va chiqindilarni utilizatsiya qilishni tashkil etish borasida fikr almashildi.
 

Nasiba ZIYODULLAYEVA, OʻzA

Поделиться