O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vazirligida «Tatneft» OTAJ ishtirokidagi loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilindi

2020-01-21 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida «Tatneft» OTAJ bosh direktori Noil Maganov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Energetika vaziri Alisher Sultonov muloqotda ta’kidlab o‘tganidek, «Tatneft» OTAJ yoqilg‘i-energetika majmuasi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishda O‘zbekiston kompaniyalarining muhim hamkori hisoblanadi.

Uchrashuv davomida tomonlar bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan O‘zbekistonning investitsiya bloklarida geologik qidiruv ishlarini olib borish, neft qazib olishni jadallashtirish, Toshkent shahridagi «Tatneft» yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini kengaytirish kabi masalalarni muhokama etdilar.

Tomonlar, shuningdek, «Angren» erkin iqtisodiy zonasida joylashgan «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJda shina va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishning ikkinchi bosqichi» loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha keyingi harakatlar to‘g‘risida kelishib oldilar.

Hamkorlikning yana bir tomoni mutaxassislarning malakasini oshirish hisoblanadi. Xususan, joriy yilning mart oyida «Tatneft» OTAJ ko‘magi bilan geologlar hamda O‘zbekistonning neft va gaz konlari va boshqa bir qator sohalari mutaxassislari Rossiyada kasbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.

Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etdilar.

Поделиться