O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog‘iston maktablariga o‘quv jihozlari va sport inventarlari topshildi

2020-01-21 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o'rinbosari Ibroxim Djurayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Amanjol Ayapov Ellikqal’a tumanidagi 1-, 4-, 11-, 13-, 17-, 19-, 27-umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim jarayoni bilan tanishdi.

Ellikqal’a tumanidagi 4-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida vazir o‘rinbosari o‘quvchilarga metodik dars o‘tdi. Dars jarayonida o‘quvchilarga bugungi kunda Prezidentimiz rahbarligida ta’lim tizimini takomillashtirish hamda jahon andozalari darajasiga ko‘tarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bundan tashqari, o‘quvchilarga kelgusida kasb tanlash, Vatanga fidoyilik bilan xizmat qilish, yoshlarga yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish lozimligi, kelgusida har bir inson mamlakatimiz rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari Ellikqal’a tumanidagi 11- va 19-umumta’lim maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xalq ta’lim vazirligi tomonidan 17-maktabga 1 komplekt (16 ta) kompyuter sinfi, 270 ta parta, 540 ta stul, 30 ta kitob javoni, 14 ta doska, 17 ta o‘qituvchi stoli hamda 1-maktabga 90 ta parta, 180 ta stul, 4 ta kitob javoni kabi mebel jihozlari topshirildi. 11-maktabga 16 ta kompyuter uskunalari hamda 27-maktabga o‘quv jihozlari va sport inventarlari taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan 5 tashabbus doirasida yurtimiz umumta’lim maktablarida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Поделиться