O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tizimdagi yoshlar bilan uchrashdi

2020-01-20 | Jamiyat

Joriy yilning 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov vazirlik tizimida faoliyat yurituvchi yoshlar bilan uchrashdi. Videoselektor tarzida olib borilgan uchrashuvda barcha viloyatlarning yosh kadrlari ishtirok etdi.

Mamlakatimiz yoshlarga alohida e’tibor qiladi. Ularning qiziqishlari, orzulari, istaklari ro‘yobi uchun imkoniyatlar yaratadi. Ma’lumki, o‘tgan 2019-yilning 27-dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi maktabda Prezidentimiz mamlakat yoshlari bilan uchrashdi. Samimiy muloqot davomida Prezident “Yangi O‘zbekistonni, albatta, yoshlar bilan birga quramiz” deya ta’kidladi. Mana shu so‘zlarning o‘zi yurt rivoji, taraqqiyotida yoshlarga alohida ishonch bildirilayotganidan dalolat.

Shuningdek, Davlat rahbari uchrashuv chog‘ida tashkilot va idoralar rahbarlariga yoshlarni tinglash, ular bilan muloqot qilish yuzasidan ko‘rsatma ham berib o‘tar ekan, 2020-yil “Yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish” yili bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Mehnat vazirligi tizimida ham ko‘plab yosh kadrlar faoliyat yuritadi.  Quyidagi raqamlarga diqqat qiling: tizimda jami 5,3 mingga yaqin xodim shundan, 1,6 ming yoshlar (30,2%), 1,4 ming xotin-qizlar (26%) mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Yoshlar bilan uchrashuvda Mehnat vaziri ularning faoliyatiga aloqador eng muhim masalalar qatorida yosh kadrlar zaxirasini yaratish, ularni munosib lavozimga tayinlash va har tomonlama ko‘mak berish masalasini kun tartibiga qo‘ydi. Shundan kelib chiqqan holda 2020 yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, bir qator ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Ular quyidagicha:

2020-yildan bosqichma-bosqich har bir hududda “Ishga marhamat” Monomarkazi namunasidagi markazlar tashkil etish;

- yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka keng jalb etish;

- yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatib, ularning bandligini ta’minlash.

Vazir nutqi davomida tizim faoliyatiga tanqidiy nazar solib, yo‘nalishni rivojlantirish yuzasidan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Birinchidan, yoshlar uchun har tomonlama munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning mehnatini adolatli rag‘batlantirish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Oxirgi yillarda Aholi bandliligiga ko‘maklashish markazlarining tashqi va ichki qiyofasini o‘zgardi. Zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. 2019-yilning o‘zida 70 dan ortiq aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari uchun namunaviy loyiha bo‘yicha yangi, zamonaviy binolar qurildi.

Ikkinchidan, Mehnat vaziri tizimdagi yoshlarning kasbiy malakasini oshirish lozimligiga urg‘u qaratdi.

Respublikamizda har yili kamida 600 mingdan ziyod yoshlar ta’lim muassasalarini bitirib, mehnat bozoriga kirib keladi. Shuning uchun ularga mehnat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘g‘risida ta’lim muassasalariga borgan holda to‘liq va keng tushuntirish ishlarini olib berish vazirlikning oldida turgan asosiy vazifalaridan biri. Shu maqsadda hududlarda “Sayyor o‘quv kurslari”ni tashkil etish taklifi berildi.

Tashkil etiladigan o‘quv markazlarida esa tizimda ishlayotgan xodimlar, ayniqsa yosh kadrlar uchun chet tillariga o‘qitadigan kurslarini ham yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Mehnat vaziri tizimdagi yoshlar uchun ma’naviy va madaniy tadbirlarni o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi. Yoshlar o‘rtasida har xil turdagi sport musabaqalarini tashkillashtirish, ularning ma’naviy va ma’rifiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish shular jumlasidan.

Samimiy, ochiq muloqot davomida yoshlar sohani rivojlantirish yuzasidan o‘zining takliflarini bildirdi.

Поделиться