O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Ipak yo‘li” universiteti hamda Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi
2020-01-20 | Turizm
Samarqanddagi “Ipak yo‘li” universiteti hamda O‘zbekiston Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi o‘rtasida akademik va ta'lim yo‘nalishida hamkorlik qilishga doir anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjatning imzolanishi turli sohalarda istiqbolli hamkorlik yo‘lida qo‘yilgan qo‘shma qadamini anglatadi hamda talabalarning yangi bilimlarga ega bo‘lishi va tajriba almashishda ularning mobilligini oshirishga imkon beradi.
O‘zbekiston Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi har yili Xalqaro atrof-muhitni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan "Chimyon aks-sadosi" ekologo-turistik festivali, "Toshkent quyoshi" motofestivali, “Sport turizmi va sport yo‘naltirish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi”, "Yo‘ltanlamas avtolarda musobaqalar avtoturizmi" va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi.
Hozirgi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlarida ekstremal va tog‘ turizmi milliy iqtisodiyotga katta daromad keltiradigan tarmoqlardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda turizm va turistik xizmatlarning jadal rivojlanishi natijasida mamlakatda turizmning yangi turlari shakllana boshladi.