O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avstraliyadagi SEAMO xalqaro matematika olimpiadasida oʻquvchilarimiz oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

2020-01-20 | Ta’lim

Joriy yilning 17-20-yanvar kunlari Avstraliyaning Gold-Kost shahrida Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO X 2020) boʻlib oʻtdi.

Mazkur xalqaro fan olimpiadasi Singapur davlatining Terri Chyu instituti tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda davlat va nodavlat maktablarining 1-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etishlari mumkin. 2020-yilda 18 ta davlatdan jami 1044ta ishtirokchi qatnashdi.

SEAMO xalqaro matematika olimpiadasida yurtimiz vakillari quyidagi natijalarni qayd etishdi.

Bekzod Nuriddinov

Buxoro viloyati, Qorakoʻl Xalqaro matematika maktabining 10-sinf oʻquvchisi

Oltin medal

Horun Saliyev

Toshkent shahri, Vestminster Xalqaro maktabining 6-sinf oʻquvchisi

Bronza medal

Shahzoda Jumaboyeva

Xorazm viloyati, Urganch shahri, 10-maktabning 8-sinf oʻquvchisi

Faxriy yorliq

Yoʻlchiyev Temurbek

Toshkent shahri, 91-maktabning 10-sinf oʻquvchisi

Faxriy yorliq

Sanjarbek Gʻulomjonov

Namangan viloyati, Mingbuloq tumani, 45-maktabning 6-sinf oʻquvchisi

Faxriy yorliq

Yurtimiz vakillarini ushbu yutuqlar bilan tabriklaymiz va ularga kelgusi jahon olimpiadalarida muvaffaqiyatlar bardavomligini tilab qolamiz!

Поделиться