O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vodiy safari: xavfsiz, tartibli, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish

2020-01-20 | Jamiyat

Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti mudiri, Bosh vazir maslahatchisi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mas’ullari vodiyga safar uyushtirdi.

Nega?

Bandlik va  mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 15-17-yanvar kunlari Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida mehnat migrantlariga yaratilayotgan sharoitlar va imtiyozlar haqida kengroq ma’lumot berish hamda  fuqarolar bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida tadbirlar tashkil etildi.

***

15-yanvar

Andijon viloyatiga safar O‘zbekistonda ilk bor xorijda mehnat faoliyatini olib borish istagidagilar uchun tashkil etilgan mehnat yarmarkasi bilan boshlandi. Unda xorijdan kelgan ish beruvchilar, xususiy bandlik agentliklari 150 ga yaqin yo‘nalishdagi 9 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. 

Shuningdek, Bosh vazir maslahatchisi Komil Rashidov va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov bilan viloyat aholisi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda tartibli, kafolatlangan, qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish yuzasidan tushuntirildi.

Xorijga mehnat migranti sifatida ketayotgan fuqarolarimizni har tomonlama qullab-quvvatlash va huquqiy muhofaza qilish vazirlik oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Biz fuqarolarimizning mehnat migratsiyasi vaqtida tartibli va himoyalangan, qonuniy tarzda amalga oshiramiz. Bu quyidagi bosqichlarda olib boriladi:

ketishidan oldingi tayyorgarlik;
mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash;
qaytib kelgandan so‘ng qayta moslashtirish.

Birinchi bosqich kasb-hunar va tilga o‘qitish,  mehnat va borayotgan mamlakatning qonunchiligi bilan tanishtirish, diniy ekstremizm va turli kasalliklar xavfidan ogoh etish bo‘yicha kurslardan iborat bo‘ladi.

Keyingi bosqichda migrantlarni borgan mamlakatida huquqiy himoya qilish, zarur bo‘lganda ish bilan ta’minlash, moddiy yordam ko‘rsatish, vatanga qaytarish kabilar amalga oshiriladi.

Mehnat migranti vatanga qaytgandan so‘ng esa reintegratsiya qilinadi, boshqacha aytganda yana mahalliy mehnat bozoriga moslashishi uchun ko‘mak beriladi. Bu fuqarolarmizning zamonaviy mehnat bozoriga oson moslashishi, xorijiy mamlakatlardagi sarsongarchiliklarining oldini olish, shuningdek O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng jamiyatga oson moslashishida muhimdir, - dedi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov.

Shu bilan birgalikda, tadbir davomida Yaponiyaga mehnat migranti sifatida tegishli tartibda jo‘nab ketayotgan 11 nafar fuqarolarga maxsus hujjatlar topshirildi.

Keyin Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Andijon filiali hamda Ulug‘nor tumanidagi kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazida yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishilib, xodimlarga tegishli tavsiya hamda yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

Tadbir davomida viloyatdagi xususiy bandlik agentliklari faoliyati ham o‘rganildi. Tadbirkorlar ish faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilinib, tavsiyalar berildi.

***

16-yanvar

Bosh vazir maslahatchisi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari shu kuni Farg‘ona viloyatida mehnat migratsiyasiga oid o‘rganishlarini davom ettirdi.

Viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘ini, kollej mas’ullari va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilinib, Farg‘ona viloyati kesimida yuqoridagi mavzu yuzasidan tushuntirishlar berildi. Amalga oshirilayotgan jarayonlar xususida hamkor tashkilot vakillariga keng ma’lumotlar berildi. Shunigdek xalq orasidagi muammolarni yuqori tashkilotlarga olib chiqishda mahalla fuqarolar yig‘ini, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa jamoat tashkilotlarining o‘rni juda muhimligi ta’kidlanib, ular bilan yaqindan hamkorlik qilish zarurligi aytib o‘tildi.

Co‘ngra mehmonlar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Farg‘ona filialida yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Shu yerning o‘zida Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy bandlik agentligi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi, Bosh vazir maslahatchisi hamda vazirlik mutassaddilari bilan birgalikda muammolarga yechim izlandi.

Navbatdagi manzillar Farg‘ona shahri va tumanidagi  kasb-hunar kollejlari o‘rnida tashkil etilayotgan kasb-hunarga o‘qitish markazlari bo‘ldi. Bu yerda mavjud sharoitlar bilan tanishildi hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida ko‘rsatmalar berildi.

Farg‘ona viloyatida ish olib borayotgan xususiy bandlik agentliklari ham e’tibordan chetda qolmadi.  

***

17-yanvar

Namangan shahridagi o‘rganishlar To‘raqo‘rg‘on tumanidagi kasb-hunar kolleji o‘rnida tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish markazidan boshlandi.

Bosh vazir maslahatchisi hamda vazirlik mutasaddilari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Namangandagi filiali bilan tanishish bilan o‘z ishini davom ettirdi. Mavjud imkoniyatlar bilan ko‘zdan kechirilib, kerakli yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

Shundan so‘ng tashrif buyuruvchilar Namangan viloyati aholisi bilan uchrashib, mehnat migratsiyasi bo‘yicha viloyatdagi holatni tahlil qilishdi. Shuningdek, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritilib, bu kabi yangiliklar xususida imkon qadar ko‘proq, keng ko‘lamda yurtdoshlarimizga ma’lumot berish lozimligi qayd etildi.

Shunday qilib, Bandlik va Mehnat munosabatlari vaziriligining 3 kunlik vodiy bo‘ylab safari o‘z yakuniga yetdi.

Поделиться