O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-01-17 | Iqtisodiyot

16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatov yurtimizga tashrif buyurgan Jahon bankining Evropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ushbu bank bilan hamkorlikda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Xususan, Jahon banki bilan hamkorlikda yurtimiz transport infratuzilmalari aeroportlar, avtomobilь yo‘llari qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga to‘htalib o‘tildi.

Siril Myuller Jahon banki shu vaqtga qadar O‘zbekistonda asosan avtomobil yo‘llari qurilishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib kelganini ta’kidlab o‘tdi. Va Jahon banki hozirda O‘zbekistonda aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatov bugungi kunda Jahon banki ishtirokida yurtimizda 40 dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani qolaversa, fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda Jahon banki guruhi bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishini aytib o‘tdi.  

Поделиться