O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2020-01-15 | Jamiyat
2020-yil 14-yanvar kuni Davlat statistika qo'mitasi rahbariyati bilan Jahon banki missiyasining loyiha rahbari - iqtisodchi Villiam Hatchins Saytz o’rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish, O'zbekistonning statistik tizimini takomillashtirish masalasida so‘z yuritildi.
Shuningdek, uchrashuvda statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasini amalga oshirish hamda uy xo'jaliklari daromadlarini tekshirish va boshqa masalalarda fikr-mulohaza almashildi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.