O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahongir Artikxodjayev Guandun provintsiyasining vitse gubernatori Chjan Sin bilan uchrashdi

2020-01-15 | Iqtisodiyot

Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratildi. Toshkent shahar hokimi Xitoy tomoniga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasi bilan strategik sherikchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yuksak qadrlanishini ma’lum qildi.

Xususan, Xitoy iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan investitsiyalarda Guandun provintsiyasining o‘rni muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Bugungi kunda yurtimizda Guandun provintsiyasining «Huawei», «ZTE» kompaniyalari muvaffaqqiyatli faoliyat olib borayotganligi hamda «Midea», «Gree» va «TCL» kompaniyalarining mahsuloti keng tarqalganligini e’tirof etdi.

Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishiga e’tibor qaratdi.

Guandun kompaniyalari ega bo‘lgan yuqori tajriba va ilg‘or texnologiyalarni Toshkentdagi ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish taklifini bildirdi.

Shuningdek, O‘zbekistonda turistlar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlarga to‘xtalib, bu sohada ham o‘zaro aloqalarni rivojlantirish muhimligini aytib o‘tdi.

Guandun provintsiyasining vitse gubernatori Chjan Sin ham o‘z navbatida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar Buyuk Ipak yo‘li orqali azaldan rivojlangani hamda xitoyliklar o‘zbek xalqi bilan har tomonlama hamkorlikni yuksak qadrlashini, endilikda sanoat, savdo-sotiq, ta’lim, fan hamda boshqa sohalardagi hamkorlik yangi pog‘onaga ko‘tarilishini qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, Hozirda Guandun provintsiyasi 19 shahar okrugi va subprovintsial ahamiyatga ega 2 shahardan iborat. Hududi 197 100 kv. km, aholisi 111 690 000 kishi. Poytaxti Guanchjou shahri.

Поделиться