O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xitoyda bo‘lib turgan yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

2020-01-13 | Jamiyat

O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Xitoy rasmiy idoralari 2020-yil 11-yanvar kuni Uxan shahrida koronavirusning yangi tipidan vafot etgan birinchi fuqaro haqida xabar berdi. Uxan shahri sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotga binoan bugungi kunda 40 dan oshiq kishi kasallangan, yana yuzga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.

Kasallik tarqatuvchisi “koronavirusning avval ma’lum bo‘lmagan tipi” hisoblanadi. Olimlar tomonidan virus genomi o‘rganib chiqildi.

Elchixona Konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan vatandoshlarimizni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqiradi.

Поделиться