O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zavtosanoat Cooperation Lab tarmoqlararo kooperatsion forumga taklif etadi

2020-01-13 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 23-yanvar kuni avtomobilsozlik tarmoq ichi va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, import hajmini qisqartirish va ishlab chiqarish, lokalizatsiya darajasini oshirish maqsadida "Cooperation Lab" Kooperatsiya forumi o‘tkaziladi. Mazkur tadbirda mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik importyorlar hamda mazkur tarmoqqa tegishli boshqa mahalliy va xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kooperatsiya forumi Toshkent shahar, Bektemir tumani, Xusayn Boyqaro ko‘chasi, 28 uyda joylashgan UzAutoMotors binosida bo‘lib o‘tadi. Forumda qatnashish uchun maxsus shaklni to‘ldirish yoki T.me/UzAutoPRbot Telegram-boti yordamida ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Forumda ishtirok eting va biznesingiz rivoji uchun yangi imkoniyatlar bilan tanishing.

Поделиться