O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
General va yoshlar
2020-01-13 | Jamiyat
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, general-mayor G'ayrat Qodirovning yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda. Navbatdagi muloqot viloyat ichki ishlar organlarining yosh xodimlari bilan o'tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika institutining Madaniyat saroyida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda viloyat ichki ishlar organlarining yosh xodimlari va ularning ota-onalari, ichki ishlar boshqarmasi faxriylar kengashining a'zolari ishtirok etdi.
Yig'ilish avvalida general-mayor G'ayrat Qodirov barchani yangi yil bayrami hamda Vatan himoyachilari kuni bilan qutladi. SHuningdek, yosh xodimlarga bugungi kunda ichki ishlar organlarida yaratilgan sharoitlar, erishilayotgan yutuqlar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar, mavjud muammolar va ularni bartaraf qilish yuzasidan fikr-mulohazasi va takliflarini bildirdi.
Tadbir doirasida xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishgan yosh xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasining tashakkurnomalari topshirildi.
Bundan tashqari xizmat faoliyati davomida ayrim kamchiliklarga yo'l qo'ygan xodimlarga xizmat intizomini buzmaslik yuzasidan ogohlantirish berildi.
Muloqot davomida yosh xodimlar hamda ularning ota-onalari, ichki ishlar sohasida ishlab nafaqaga chiqqan faxriylar so'zga chiqib, joriy yilda yoshlar hayotiga oid masalalarda nimalarga ko'proq e'tibor qaratilishi hamda ular oldiga qo'yiladigan talab xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.