O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

595 nafar yoshlar yetakchisi rahbar lavozimiga tayinlandi

2020-01-13 | Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi tizimida mehnat qilayotgan yoshlar soni respublikamiz boʻyicha eng katta koʻrsatkichni tashkil etadi. Birgina yoshlar siyosatini amalga oshirish sohasida vazirlik tizimida 5 ta boshqarma xodimi, barcha hudududiy va mahalliy boshqaruv organlarida 214 ta yoshlar yetakchilari, umumtaʼlim maktablarida 9 960 ta yoshlar yetakchilari faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2030-yilgacha xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlangan boʻlib, maktablarda sifatli taʼlimni taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Alohida qayd etish joizki, mazkur jarayonda belgilangan maqsadlarga erishish uchun kadrlar tanlovi muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan, bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, ularni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining masʼul lavozimlariga tayinlash maqsadida Xalq taʼlimi tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari masʼul lavozimlariga tavsiya etildi. 21 nafar yoshlar yetakchilari umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori, 305 nafar yoshlar yetakchilari direktor oʻrinbosari, 269 nafar yoshlar yetakchilari boshqa lavozimlarga tayinlandi.

Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim maktablarida
2019-2020 oʻquv yilida faoliyat yuritayotgan Yoshlar yetakchilarining
rahbar lavozimlarga tayinlanishi boʻyicha
MAʼLUMOT

2020 yil, 8 yanvar holatiga

Hudud nomi

Sotsial liftlar

2019-2020 oʻquv yilida

Maktab direktori

Direktor oʻrinbosari

Boshqa soha

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

14

1

9

4

2.

Andijon viloyati

36

1

22

13

3.

Buxoro viloyati

17

1

11

5

4.

Jizzax viloyati

24

-

18

6

5.

Qashqadaryo viloyati

42

2

20

20

6.

Navoiy viloyati

23

-

15

8

7.

Namangan viloyati

55

3

28

24

8.

Samarqand viloyati

67

2

45

20

9.

Sirdaryo viloyati

17

-

6

11

10.

Surxondaryo viloyati

49

5

33

11

11.

Toshkent viloyati

66

-

35

34

12.

Fargʻona viloyati

86

6

28

52

13.

Xorazm viloyati

44

-

21

23

14.

Toshkent shahri

52

-

14

38

Jami:

592

21

305

269

Xalq taʼlimi vazirligi kreativ fikrlaydigan, muammoli vaziyatlarda toʻgʻri qarorlar qabul qila oladigan yoshlarni hamisha qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanligini maʼlum qiladi.

Поделиться