O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish va bu borada olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Kontseptsiya loyihasi ishlab chiqiladi

2020-01-11 | Siyosat

Joriy yil 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib borgan yig‘ilishda tegishli vazirlik, idoralar tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.

Ta’kidlanganidek, 2019-yil 19-mart kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yanada yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng ommalashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, san’at va madaniyat maskanlariga jalb qilgan holda yoshlar qalbida san’atga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otish bo‘yicha birlamchi vazifalar belgilanib, Prezident tomonidan beshta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Mazkur beshta tashabbusni tatbiq etish bo‘yicha mamlakatimizda qisqa davrda vazirlik va idoralar hamkorligida ko‘plab madaniy va ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Ularda ta’lim va tarbiya muassasalari o‘g‘il-qizlari  san’at, sport, kitobxonlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Tashabbusning har bir yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, taqdimotlar, tashkil etilgan ko‘rgazma va chiqishlar - bularning barchasi yoshlar, xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligini oshirishga, o‘z Vataniga, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ular uchun yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

So‘zga chiqqanlar beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish ishlarini sarhisob qilar ekan, erishilgan yutuqlarni e’tirof etgan holda bu boradagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Muhokama yakunida yig‘ilish ishtirokchilari Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish va bu borada olib borilayotgan ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Kontseptsiya loyihasi ishlab chiqish, shuningdek unda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi loyihasini tayyorlash masalasida kelishib oldilar.

Поделиться