O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2019 yilda sohani rivojlantirishga doir amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi

2020-01-11 | Turizm

10 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Poytaxt” biznes markazida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2020 yilgi rejalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi.  

Unda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b. Abdulaziz Aqqulov hamda uning o’rinbosarlari Ulug’bek A'zamov va Faxriddin Davrukov hisobot berdi. Tadbirda turizm statistikasi, soha targ‘iboti va turizmning alohida turlarini rivojlantirish, transport infratuzilmasi rivojlanishi, xorijdagi diaspora bilan ishlash va investisiyalarni jalb etish, hududlarda turizm infratuzilmasining rivojlanishi va tadbirkorlar bilan ishlash bo‘yicha 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

Statistika ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yil davomida O‘zbekistonga 6 748 500 nafar sayyoh tashrif buyurgan, 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 5 346 200 kishini tashkil qilgan. Ularning orasidan aksariyat, ya'ni 51,3 foizni 31-55 yoshdagi kishilar (2018 yilda 52,1 foiz), 20,2 foizini 55 yosh va undan kattalar (2018 yilda 19,4 foiz), 19,5 foizini 19-30 yoshdagilar (2018 yilda 20,4 foiz) va 9,1 foizini 0-18 yoshlilar (2018 yilda 8,1 foiz) tashkil qiladi.

Eng ko‘p sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasidan tashrif buyurgan bo‘lib, ularning soni 5 764 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 600 kishini tashkil qilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 400 ming kishini qayd etgan. Sayyohlarning aksariyati Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Afg‘oniston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Hindiston kabi davlatlardan tashrif buyurgan. O‘zbekistonga tashrif buyurganlar orasida qarindosh-urug‘ va do‘stlarini ko‘rishga kelganlar soni 81,8 foizdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, dam olish uchun kelganlar 15,5 foizni tashkil etgan. Boshqa sabablar, jumladan davolanish, xaridlar, biznes uchrashuvlarda ishtirok etish hamda ta'lim olish  maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,7 foizni qayd etdi. 2019 yil yakuniga ko‘ra, turistik xizmatlar eksporti ko‘rsatkichi 1 mlrd 313 mln AQSh dollarini tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan (2018 yilda 1 mlrd 041 mln) 26,1 foizga o‘sish qayd etildi. Joylashuv vositalari soni jami 1188 tadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi boshqalar.

Hududlar kesimida joylashuv vositalarining yuklanish darajasi quyidagicha: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 62,6 foiz, Andijon viloyati – 65,0 foiz, Buxoro viloyati – 96,6 foiz, Jizzax viloyati – 52,5 foiz, Qashqadaryo viloyati – 61,0 foiz, Navoiy viloyati – 74,3 foiz, Namangan viloyati – 40,6 foiz, Samarqand viloyati – 82,3 foiz, Sirdaryo viloyati – 64,4 foiz, Surxondaryo viloyati – 68,8 foiz, Toshkent viloyati – 76,1 foiz, Farg‘ona viloyati – 42,7 foiz, Xorazm viloyati – 81,5 foiz, Toshkent shahri – 85,7 foiz. Mamlakat turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targ‘ib etish maqsadida AQSh, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan jami 30 OAVning 160 dan ortiq vakillarining tashrifi tashkillashtirildi. An'anaviy targ‘ibot usullari bilan bir qatorda zamonaviy targ‘ibotning zamonaviy usullaridan foydalanilmoqda, xususan, 17-21 dekabr kunlari Tokio (Yaponiya) shahridagi Sibuya maydonida O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qiluvchi videorolik namoyish etildi.

O‘zbekistonga sayyohlarni jalb etishda turli ommaviy-madaniy ko‘ngilochar tadbirlar ahamiyatini hisobga olib, o‘tgan yildan boshlab har bir hududning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda turli ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, birinchi marotaba tashkil etilgan Ziyorat turizmi forumi (Buxoro viloyati), Baxshichilik san'ati festivali, Arxeologiya forumi (Surxondaryo viloyati), Bahodirlar o‘yini (Xorazm viloyati), “Mo‘ynoq” avtoralli, “Stixiya” musiqa festivali (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), MDH turizm yarmarkasi, (Samarqand viloyati), Geoturizm forumi, Anor festivali (Qashqadaryo viloyati), Elektron musiqa festivali, Gastronomik festival, “World Influencers Congress” (Toshkent shahri)  kabi yirik tadbirlar o‘tkazildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan MICE-turizmni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi doirasida hududlardagi MICE-tadbirlar uchun salohiyatli obyektlar o‘rganib chiqilib, ularning yagona reestri shakllantirildi va “Meetings & Events Catalogue” katalogi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, hozirda shu kabi tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida Qo‘mita tuzilmasida Kongress va ko‘rgazmalar markazi tashkil etilmoqda.  

Поделиться