O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adiblar xiyobonida Toshkent muzeyini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi

2020-01-11 | Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘iga tashrif buyurdi.   

Ma'lumki, davlatimiz rahbarining 2017-yil 18-apreldagi qaroriga muvofiq, ma'naviy hayotimizda o‘chmas iz qoldirgan atoqli yozuvchi va shoirlarning tarixiy xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning madaniy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirish maqsadida Milliy bog‘ hududida Adiblar xiyoboni barpo etilmoqda. 
 
Bu xiyobon Alisher Navoiy haykali bilan uyg‘un bo‘lib, yaxlit me'moriy ansanbl' hosil qilishi uchun yangi loyiha ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, 8 gektardan ziyod hudud obodonlashtirilib, Alisher Navoiy haykalini qayta o‘rnatish belgilangan.
 
Shavkat Mirziyoyev bu yerda olib borilayotgan ishlar, haykallar ko‘rinishiga oid loyihalar bilan tanishdi. Haykallar yonida lavhlar o‘rnatib hamda audioyozuvlar orqali har bir adib haqida qisqacha ma'lumot berish, ularning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazish uchun qo‘shimcha sharoit yaratish zarurligini ta'kidladi. Alisher Navoiy haykali gumbazini bezatish, hududni obodonlashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
 
Sobiq O‘zbekiston madaniyati va san'ati ko‘rgazmasi binosi rekonstruksiya qilinib, u yerda Toshkent muzeyi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari uning konsepsiyasiga oid loyihalar bilan tanishib, muzeyning mazmun-mohiyatini boyitish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
 
– Toshkent tarixi, bu yerlik allomalar merosi hali to‘liq o‘rganilmagan. Bu joy ilmiy asoslangan, shaharning buyuk o‘tmishini yoshlarga, mehmonlarga yetkazadigan maskan bo‘lishi kerak, – dedi Prezident.
 
 
Muzeyni O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining filiali tarzida tashkil etib, malakali ilmiy xodimlarni jalb qilish, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta'minlash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Поделиться