O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir oʻrinbosari moʻynoqdagi maktablar taʼlim jarayonini oʻrgandi

2020-01-10 | Ta’lim

Joriy yilning 9-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Ibroxim Djurayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Moʻynoq tumanidagi 6-, 7-, 17- va 18-umumtaʼlim maktablariga, shuningdek, 4- va 9-maktab filiallarida boʻldi.

Tashrif chogʻida oʻquvchilarning taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoit va taʼlim-tarbiya jarayonini oʻrgandi. Maktablarning pedagog xodimlari bilan uchrashib, Prezidentimiz rahbarligida taʼlim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Bundan tashqari, yoshlarga yaratilgan sharoitlardan oqilona foydalanish, kelgusida mamlakatimiz rivoji uchun har bir yosh oʻz hissasini qoʻshishi lozimligi haqida alohida taʼkidladi. 

Shu bilan birga maktablarda taʼlim sifatini oshirish, taʼlim muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash, oʻquv dasturi va darsliklar mazmunini takomillashtirish boʻyicha ham vazifalar topshirdi. 

Shuningdek, maktablarni qish mavsumida barqaror ishlashini taʼminlash hamda 2019-2020 oʻquv yilida 11-sinf bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlarini yanada oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berdi. 

Qolaversa, oʻquvchi yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishni oshirish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Поделиться