O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sifat tizimlarining joriy etilishi korxona faoliyatiga katta imkoniyat bermoqda
2020-01-09 | Iqtisodiyot
“O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘tgan 2019-yil davomida sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarida mahsulot sinovlarini o‘tkazgan 198 ta tadbirkorlik sub’ektlariga deklaratsiyalash yo‘li bilan sertifikatlar rasmiylashtirib berildi.
Avallari bunday korxonalarning mahsulotlari 3-sxema asosida sertifikatlashtirilib, ishlab chiqarish sharoitlari o‘rganilib mahsulotlaridan namunalar olinib 10 kundan 30 kungacha sertifikatlashtirish ishlari olib borilgan va tadbirkor uchun ortiqcha ovoragarchiliklar tug‘dirar edi.
Hozirda sifat menejmenti tizimlarini joriy etgan va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalaridan mahsulotlarini sinovlarini o‘tkazgan korxonalarning mahsulotlari bir kunda deklaratsiyalash yo‘li bilan tasdiqlab berilmoqda. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarni vaqtini hamda mablag‘ini tejalishiga imkoniyat yaratmoqda.