O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Termiz shahrida tadbirkorlar bilan ishlashning yangi kontseptsiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2020-01-09 | Jamiyat

Joriy yilning 9 yanvar kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining ishchi guruhi vazir S.Umurzakov boshchiligida 2020 yildan boshlab tadbiq etiladigan tadbirkorlar bilan ishlashning tarmoq vazirliklari, idoralari va mahalliy hokimiyat organlari bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan yangi kontseptsiyasi taqdimotini o‘tkazish uchun Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududning tuman va shahar hokimlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosarlari, vazirlikning tarkibiy boshqarmalari va hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va eksport qiluvchilar bilan mavjud ish formatini optimallashtirish bo‘iycha  kiritilayotgan asosiy o‘zgarish bu mahalliy hokimiyat organlari va tarmoq idoralari vakillarining solidar javobgarligining  matritsali tuzilmasidir - bunday yondashuv davlat idoralari va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning birlashmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirib, har bir investitsiya loyihasi va savdo bitimining amalga oshirilishini uzluksiz kuzatib borish imkonini beradi.

Yig‘ilish davomida shuningdek,  investitsiyalarni jalb qilish va eksport prognozlarining bajarilishini ta’minlash uchun ustuvor vazifalar belgilanib olindi, bular: investitsiya loyihalari tashabbuskorlarining viloyatning bir qator tuman va shaharlaridagi joriy muammolari buyicha yechimlarni ishlab chiqish, bu esa o‘z navbatida loyihalarni amalga oshirilishini va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirilishini tezlashtirish imkonini beradi, jalb qilinayotgan investitsiya oqimlarini Surxondaryo viloyatining eng istiqbolli tarmoqlariga yo‘naltirish ustivorligini ta’minlash, bir qator tijorat banklari bilan tadbirkorlar va eksport qiluvchilarga kredit resurslarini ajratish bo‘yicha ish olib borish, yangi bozorlarga kirish uchun zarur sertifikatlarni olishga ko‘maklashish va boshqa dolzarb vazifalardir.

Bundan tashqari, ma’sul rahbarlar va xodimlarga tegishli davlat tuzilmalari va mahalliy  hokimiyat organlari bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan ishlashning yangi tizimini tezkor tadbiq etish uchun idoralararo hamkorlikning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha manzilli topshiriqlar berildi.

Поделиться