O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Deputatlar saylovida takroriy ovoz berish bo‘lib o‘tdi

2020-01-06 | Saylov

2019-yil 22-dekabr kuni yurtimizda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar o‘tkazilgan edi. Markaziy saylov komissiyasining qaroriga ko‘ra, bu saylovlarda beshta partiya nomzodlari orasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga 125 nafar deputat saylangan, deb topilib, o‘z navbatida yana 25 nafar deputatlik o‘rni uchun takroriy ovoz berish haqida qaror qabul qilindi.

2020-yil 5-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi 25 ta saylov okrugidan O‘zbekiston davlat konservatoriyasidagi “5-O‘qchi okrugi”ning 645-saylov uchastkasida ham takroriy ovoz berish jarayoni erta tongdan boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, professor Baxtiyor Sayfullayev konservatoriyaga tashrif buyurib, “Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar” shiori ostida o‘tayotgan ushbu siyosiy jarayonlarni kuzatib, saylov uchastkasi a’zolari hamda saylovchilar bilan suhbatlashdi.

Saylov natijalariga ko‘ra kelgusida ishonch bildirilib yangi saylangan deputatlardan istiqbolli islohotlarda faol bo‘lib, O‘zbekistonni yanada rivojlantirishga xizmat qilishlarini aytib, barcha sa’y-harakatlar eng avvalo, xalq manfaatlari uchun ekanligini ta’kidladi.

Поделиться