O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent harbiy okrugi: “Ochiq eshiklar kuni” bolajonlarga o‘z sir-sinoatlarini ochdi
2020-01-06 | Jamiyat
O‘tgan yillar mobaynida armiya va xalq munosabatlari mushtaraklashdi. Harbiy qismlar barcha ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlariga o‘z quchog‘ini ochdi. Endi bolajonlar harbiy qurol-yaroqlar yoki jangovar harbiy mashinalarni kinofilmlardan emas, hayotda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ana shunday uchrashuvlardan biri Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilarning farzandlari va o‘quvchi-yoshlar ishtirokda bo‘lib o‘tdi.
Unda ertamiz egalari o‘qotar qurollar, jangovar mashinalarning tuzilishi va vazifalari, turli himoyalanish vositalaridan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich tasavvurga ega bo‘lishdi.
“Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” bolajonlarning dunyoqarashini o‘zgartira olganiga shubha yo‘q.