O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Xitoy: harbiy hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

2020-01-04 | Xavfsizlik sohasi

Shu kunlarda Xitoyning Chunsin shahrida joylashgan 3-Harbiy tibbiy universitetining Janubi-g‘arbiy gospitalida bir guruh o‘zbekistonlik harbiy shifokorlar tajriba almashish amaliyotini o‘tashmoqda.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti O‘zAga ma’lum qildi.
 
40 dan ortiq mamlakat harbiy shifokorlari ishtirok etayotgan tajriba almashish amaliyotida o‘zbekistonlik mutaxassislarga katta e’tibor qaratilgan. Buni kuni kecha Xitoyning 3-Harbiy tibbiy universitetining Janubi-g‘arbiy gospitalida O‘zbekiston Respublikasi tarixi va buguni hamda Qurolli Kuchlari faoliyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan prezentatsiyadan ham bilish mumkin.
 
Prezentatsiyani o‘zbekistonlik harbiy shifokorlar – tibbiy xizmat kapitanlari Shavkat Qo‘chqorov va Muhammad Rahmonovlar yuqori saviyada o‘tkazishdi.
 
Unda xitoylik harbiy-tibbiyot mutaxassislari va xorijlik harbiy shifokorlar ishtirok etdi. Prezentatsiya davomida harbiy shifokorlarimiz ishtirokchilarga yurtimiz tarixi, madaniyati, an’analari, buyuk sarkarda, jahonga mashhur ulamolari hamda bugungi O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida va Milliy armiyamiz faoliyati to‘g‘risida videoroliklar va ilmiy maqolalar asosida ma’lumotlar berishdi.
 
Harbiy shifokor, kardiolog general-mayor Zxang Luy va professor Chen Yin va harbiy universitet komissari Xuang Yunyun Amir Temurdek Sohibqironi bo‘lgan yurt tarixi har doim ularni qiziqtirib kelgani, bugun O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan ishlar ularda katta taassurot qoldirayotganini va o‘zbekistonlik harbiy shifokorlarning izlanuvchanligi, tirishqoqligi va mehnatsevarligi hamda vatanparvarligini alohida ta’kidlashdi.
 
Senegal markaziy harbiy shifoxonasi gastroenterologi mayor Ibrohim Diallo shunday deydi: “Avvallari men Samarqand va Buxoro haqida juda ko‘p eshitgandim, lekin men ushbu shaharlar O‘zbekistonda ekanligini bilmasdim. Bunday qadimiy shaharlar sening yurtingda ekanligidan juda ham faxrlanishing kerak, chunki bu shaharlar dunyo madaniyati o‘choqlari hisoblanadi”. 
 
Myanma davlatidan kelgan harbiy shifokor katta leytenant Kyav Txu Xutan “ O‘zbekistonning chiroyli iqlimi va go‘zalligi insonni o‘ziga tortadi, ayniqsa, turistik joylari hammamizni hayratda qoldirdi. Men albatta O‘zbekistonga boraman. Sizdek insonlar bilan birga o‘qiyotganimdan bag‘oyat xursandman” – deya o‘z fikrlarini bildirdi. 
 
Tadbir yakunida ishtirokchilarga O‘zbekistondan olib kelingan milliy sovg‘alar – hunarmandchilik buyumlari, to‘n va do‘ppi, yurtimiz tarixini anglatuvchi turli suvenirlar tantanali ravishda topshirildi. 

Поделиться