O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qurolli Kuchlar akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

2020-01-03 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida “Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Oliy harbiy ta’lim muassasasi bo‘ylab uyushtirilgan ekskursiya poytaxtdagi bir qator umumta’lim maktablarining o‘quvchi yoshlarini qamrab oldi.

Ekskursiya davomida o‘quvchilarga akademiya tarixi, kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar va xalqaro hamkorlik borasida ma’lumotlar berildi. Xorij tajribasidan foydalanish kursantlarning ta’limi uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Qurolli Kuchlar akademiyasida uch tilda ta’lim beriladi: o‘zbek, rus va koreys.

Akademiya harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga yanada qizg‘in tus baxsh etdi.

Qurol-yarog‘ ko‘rgazmasi va kursantlar tomonidan namoyish etilgan qo‘l jangi elementlari mehmonlarga ajoyib taassurot qoldirdi.

Поделиться