O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Аholi murojaatlari statistikasi
2019-12-30 | Jamiyat
Davlatimiz rahbari tomonidan respublikamizda davlat organlari bilan aholi oʼrtasida ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyish, dolzarb muammolarni aniqlash, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan murojaatlarning koʼrib chiqilishini taʼminlashda oʼziga xos samarali mexanizm joriy qilindi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda murojaatlar yuzasidan huquqiy yordam berish borasida Аgentlikda yetarlicha tajriba toʼplangan.
Joriy yil davomida Аdliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga hisobot davrida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 381 ta murojaat (ariza, shikoyat va taklif)lar kelib tushgan va nazoratga olingan boʼlib, shundan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar 99 ta (26 %)ni, Bosh vazir virtual qabulxonasidan 3 ta, bevosita Vazirlar Mahkamasidan kelgan murojaatlar 7 ta (1,8 %)ni tashkil etdi. Yozma murojaatlar 132 ta (34,6 %) va elektron murojaatlar 200 ta (52,4 %)ni tashkil etdi.
Shuningdek, vazir oʼrinbosari-agentlik direktori, direktorning oʼrinbosarlari tomonidan bevosita agentlik maʼmuriy binosida qabul qilingan murojaatchilar soni 29 ta, sayyor qabullarda 19 ta va ishonch telefoni orqali qabul qilingan murojaatchilar soni esa 1 tani tashkil etdi.
Kenjaaxunova Gulchexra, Agentlik Tashkiliy-nazorat guruhi bo’limi boshlig’i:
— Bugungi kunda Intellektual mulk agentligi tizimida ham tegishli Farmon va qarorlar doirasida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashning mexanizmi ishlab chiqilgan boʼlib, aholi murojaatlari oʼz vaqtida hamda sifatli oʼrganilmoqda, hal etilmoqda.
Jumladan, Intellektual mulk agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarning 368 tasi (97%)ga tushuntirish berilgan, 2 tasi (0,5 %)ga Oʼzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan rad etilgan, 11 tasi (3 %) oʼrganish jarayonida.
Murojaatlarni fuqarolar kesimida tahlil qiladigan boʼlsak, jismoniy shaxslar tomonidan jami 225 ta ariza (184 ta), shikoyat (32 ta) va taklif (9 ta) hamda yuridik shaxslardan jami 156 ta ariza (127 ta), shikoyat (24 ta) va (5 ta) taklif kelib tushgan.
Tahlillarda Аgentlik mutasaddi rahbarlariga kelib tushayotgan murojatlarda eng koʼp tovar belgisi va sanoat mulkini patentlashtirish bilan bogʼliq masalalar koʼtarilganligi aniqlandi. Shundan kelib chiqqan holda, agentlik tizimida mazkur masalalarga tezkorlik va haqqoniylik asosida javob berilishini taʼminlash maqsadida tegishli vazifalar belgilandi hamda masʼul xodim biriktirildi.